(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Vazirlik

O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy me’yorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir.

Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yo’lini amalda ro’yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O’zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.