(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Hindiston Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Hindiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasining Hindiston bo‘lib o‘tadigan “Dinamik Gujarat” 9-Xalqaro investitsiya sammitida ishtirokiga va oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.

Suhbat davpmida Gujarat sammiti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va kun tartibi hamda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy-protokol xarakterdagi masalalar muhokama qilindi. Tibbiyot, farmatsevtika va ta’lim sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishning zarurligi qayd etildi.