(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2019-yilning 11-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:45 da Tyumen – Xanti-Mansiysk trassasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, hodisa oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi, ulardan ikkitasi halok bo‘ldi, bir kishi Tyumen shahrining 2-sonli shahar shifoxonasiga yetkazildi.

1984-yil 21-fevralda tug‘ilgan Toshkentboyev Shuhratbek G‘ulomovich va 1983-yil 22-noyabrda tug‘ilgan Sayaxmedov Baxtiyor Tojiboyevich YTH oqibatida vafot etganlar.

1976-yil 28-noyabrda tug‘ilgan Mirzaaxmedov Kurvonjon Mirzaliyevich esa jarohat olgan.

“Standart plus” MCHJ Mehnat muhojirlariga ko‘maklashish xalqaro assotsiatsiyasi (ishga qabul qiluvchi firma) ma’lumotiga ko‘ra mehnat faoliyatini amalga oshirish ruxsatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 20 ta yo‘lovchi bilan (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) Tobolsk shahridan Tyumen shahriga yo‘l olgan “Mercedes” rusumli mikroavtobus yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Mikroavtobusdagi qolgan 17 nafar fuqaro jarohatlanmagan va keyinroq o‘z hujjatlarini rasmiylashtirib, Tobolsk shahriga qaytib kelgan.

Mehnat muxojirlariga yordam berish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashini ma’lum qildi.

Bosh konsulxona tomonidan hamyurtlarimizga amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqa o‘rnatildi.