(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbe shahrida bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 17-18-may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurib, u yerda “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada va “Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 7-majlisida ishtirok etadi.

Dushanbe shahrida mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.