(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 11-iyun kuni Istanbul shahrida (Turkiya) sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 29.08.1987-yilda tug‘ilgan Sherdanova Muhayyo Noribegovna halok bo‘ldi.

Ushbu hodisada 12.12.1976-yilda tug‘ilgan uning opasi Sherdonova Matluba Noribekovna jabrlangan va hozirda “Kanuni Sultan Suleyman” shifoxonasida koma holatida qolmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.