(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 11-iyun kuni soat 17:50da Aqtobe viloyatida Qarabutaq-Aqtobe avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 15.09.2002-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Diyorbek Doniyor o‘g‘li Qo‘shshayev vafot etdi.

O‘zbekistonning yana bir fuqarosi 22.02.1986-yilda tug‘ilgan Daniyar Taxirovich Nishonov jarohat olgan va Aqtobe viloyati Aytekebi tumani “Komsomol” shaharchasidagi Markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning sog‘ligining holati o‘rtacha barqaror.

Bosh konsulxona tomonidan marhum hamyurtimizning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Qozog‘iston hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkin.