(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga tayanib 2019-yilning 11-iyul kuni Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan mojaro to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni tasdiqladi.

G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.