(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 11-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati Janaqo‘rg‘on tumanidagi avtomobil yo‘lida ichida ikki nafar hamyurtimiz bo‘lgan VAZ-2107 avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Natijada O‘zbekiston fuqarosi Sh.D. vafot etdi, ikkinchi hamyurtimiz M.K.ga birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng kasalxonaga yotishga zarurati yo‘qligi ma’lum qilindi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.