(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ayol hamyurtimiz N.X.ning zo‘rlangani bo‘yicha jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Ushbu holat bo‘yicha boshqa O‘zbekiston fuqarosi N.X. qo‘lga olingan.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.