(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 8-sentabr Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda 4 odam jabrlandi. 2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA bo‘lgan “Nexia” avtomashinasi haydovchisi M.U. O‘rdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari vayaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.