(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Gruziya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

2019-yilning 10-sentabr kuni Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Vazirlar Mahkamasida va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Gruziya delegatsiyasi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.