(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Qozog‘iston hududida toshlar yordamida O‘zbekiston transport vositalariga shikast yetkazilishi va mazkur voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda video va boshqa materiallarning tarqalishi munosabati bilan mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur masala Qozog‘iston tomoni bilan yaqin hamkorlikda o‘rganilayotganini ma’lum qiladi va tegishli choralar ko‘rish uchun jabrlangan haydovchilardan faktlarni aniqlashtirishlarini so‘raydi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51.