(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

XQXQ delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining (XQXQ) Yevropa va Markaziy Osiyoda Operatsion faoliyat mintaqaviy boshqarmasi direktori Martin Shyupp boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda keng qamrovli yo‘nalishlardagi, xususan xalqaro gumanitar huquq normalarini joriy qilish, huquqni muhofaza qilish organlari va mudofaa xodimlari malakasini oshirish, favqulodda holatlarga, jumladan sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyatlarga javob qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda XQXQ bilan munosabatlarning rivojlanish dinamikasi ijobiy baholanayotgani ta’kidlandi. O‘tgan yili mamlakatimiz Hukumati va XQXQ o‘rtasida “O‘zbekiston hududida XQXQ va uning mintaqaviy vakolatxonasi maqomi to‘g‘risida”gi shartnoma imzolanganligining 25 yilligini tantanali nishonlandi.

Suhbatda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda XQXQning Toshkent shahridagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Jan-Jerom Kasabyanka ishtirok etdi.