(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Xitoydagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 6-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23.50 da Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan (HY-502 reys) “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga tegishli samolyot yo‘lovchilar – O‘zbekiston fuqarolari A.S., M.M., D.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li – Rossiya fuqarolarining sog‘ligi holati yomonlashgani sababli Gansu provinsiyasining Lanchjou shahri aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Ular samolyot qo‘nganidan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng shahar klinik shifoxonasiga joylashtirildi.

7-noyabr soat 5.41 da samolyot Toshkentga uchib ketgan.

Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatdi hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.