(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Pokiston Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfan Yusuf Shamini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, IHT, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda har ikki tomonning izchil sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Pokiston munosabatlari deyarli barcha sohalarda yangi bosqichga ko‘tarildi.

Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya va boshqa birgalikdagi institutlar faoliyatiga yangi sur’at berishdan manfaatdorlik izhor etildi.

Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Elchi o‘z navbatida Pokistonning Toshkentdagi Elchixonasi rahbari sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.


Anvar Ilyosov olgan surat