(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Brussel shahriga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

2019-yilning 10-13-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston-Yevroittifoq” Hamkorlik kengashining 15-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Brussel shahriga (Belgiya) tashrif buyuradi.

Tashrif dasturida Yevropa komissiyasi, YI parlamenti va boshqa organlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.