(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston-Tojikiston vazirliklararo maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2019-yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi siyosatni yoritish va OAV bilan ishlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston vazirliklararo maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston tomonidan Tojikiston Respublikasi TIV Axborot, matbuot, tahlil va tashqi siyosatni rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Vafo Niyatbekzoda boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Uchrashuvda tashqi siyosatni yoritish, xorijiy OAVni akkreditatsiya qilish, jamoatchilik fikri va OAV bilan ishlash hamda media tadbirlarini tashkil qilish masalalari bo‘yicha tajriba almashildi.

Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari axborot xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.