(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV vakillari MSK Xalqaro press-klubining maslisida ekspertlar sifatida ishtirok etdilar

2019-yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro press-klubida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etayotgan beshta siyosiy partiya — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Ekologik partiya vakillarining navbatdagi munozaralari bo‘lib o‘tdi.

“Markaziy Osiyo hamda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusi muhokama qilindi.

Munozara “press-kofe” shaklida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TIVning Strategik tahlil va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farrux Tursunov va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Alimov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari va boshqa ekspertlar ishtirok etdilar.

Barcha siyosiy partiyalarning vakillari 29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlarini qayd etdilar.

2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi minbaridan mintaqamiz rahbarlarining muntazam maslahat uchrashuvlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangani ta’kidlandi.

Partiya vakillari mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlarini alohida qayd etdilar, xususan, fuqarolarning o‘zaro safarlari, bojxona jarayonlari tartibining soddalashtirilishi, shaharlar o‘rtasida aviareyslar, temir yo‘l va avtobus qatnovlari sonining ko‘payishi va yangilarning paydo bo‘lishi, o‘zaro savdo, jumladan chegara oldi savdosining o‘sishi pirovardida odamlar turmush darajasini yaxshilashga ko‘maklashdi.