(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yil 1-dekabr kuni shaharning Primorskoye shossesida ichida taxminan 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan 211-yo’nalishdagi avtobus yonib ketgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Avtobus haydovchisi – O‘zbekiston fuqarosi Abdumannon Qarshiyevning tezkor va to‘g‘ri harakatlari sababli hech kim jabrlanmadi.

U avtobus haydovchisi sifatida “Tretiy park” OAJda 2016-yildan buyon mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tashkilotdan olingan xabarlarga ko‘ra, avtobus standart yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan edi. Haydovchi orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgudan qora tutunni ko‘rib, avtobusni to‘xtatadi, barcha eshiklarni ochib evakuatsiya e’lon qiladi. Yo‘lovchilar sarosimga tushmay, muvaffaqiyatli ravishda avtobusdan chiqishga muvaffaq bo‘lishgan, ulardan hech biri jarohatlanmagan. Haydovchi esa o‘t o‘chirish vositalari orqali alangani mustaqil bostirishga harakat qiladi.

Kompaniyada ushbu jasoratli haydovchining mardonavor xatti-harakati va yuqori professional ekanligi qayd etildi. U vaziyatning murakkabligiga qaramay sarosimaga tushmadi va yonayotgan avtobusdan yo‘lovchilarni olib chiqdi. Hamyurtimizning bosiq va aniq harakatlangani Sankt-Peterburg aholisi va mehmonlarining hayotlari va sog‘liqlarini saqlab qolishga yordam berdi.