(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv

2020-yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Huseyn Guliyev bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida 2020-yil uchun O‘zbekiston-Ozarbayjon kun tartibi, jumladan turli darajalarda uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.