(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Boburning tavallud kuni O‘zbekiston Elchixonasi bolalar rasmlari tanlovini yakunladi

2020-yil 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530yy.) tavallud kuni O‘zbekistonning Pokistondagi Elchixonasi “O‘zbekiston pokistonlik bolalar nigohida” nomli tanlovining yakunlarini e’lon qildi.

100 dan ortiq bolalar rasmlari diplomatik vakolatxonaning internet resurslari foydalanuvchilariga havola etildi, ularga 10 mingdan ortiq kishi ovoz berdi.

Yekartirina Davarzani (8 yosh), Aribax Basit (12 yosh) va Amalya Beshinbayeva (13 yosh) mukofotlarga sazovor bo‘ldi. G‘olib 2000 ta “like” to‘pladi va Smart TV-ga ega bo‘ldi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun mos ravishda smartfon va planshet topshirildi.

Buyuk Boburga bag‘ishlangan Elchixonaning aksiyasi keng qiziqish uyg‘otdi va Pokistonning yetakchi OAVlari tomonidan yoritildi.