(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy davlatlardan hamyurtlarni vatanga qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

24-mart kuni “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishida charter reyslari amalga oshiriladi:

1. HY613 reysi Toshkent – Moskva (Vnukovo aeroporti) – uchush mahalliy vaqt bilan 13:05 da;

2. HY614 reysi Moskva (Vnukovo aeroporti) – Toshkent – uchush mahalliy vaqt bilan soat 16: 45 da.

Jadvalga muvofiq O‘zbekistonga charter reyslarini tashkillashtirish rejalashtirilgan:

Reys (shahardan)

Uchish

Kelish

Sana

Vaqt

(mahalliy)

Sana

Vaqt

(Toshkent vaqti)

Moskva

24.03.2020y.

17:00

24.03.2020y.

20:00

Istanbul

24.03.2020y.

23:00

25.03.2020y.

04:00

Moskva

25.03.2020y.

12:00

25.03.2020y.

20:00

Moskva

26.03.2020y.

15:00

26.03.2020y.

20:00

Dubay

27.03.2020y.

15:00

27.03.2020y.

19:00

Moskva

27.03.2020y.

13:00

27.03.2020y.

20:00

Istanbul

27.03.2020y.

aniqlanmoqda

28.03.2020y.

04:00

Seul

29.03.2020y.

aniqlanmoqda

29.03.2020y.

20:10

Sankt-Peterburg

30.03.2020y.

14:00

30.03.2020y.

20:00

Moskva

02.04.2020y.

12:00

02.04.2020y.

05:00

Istanbul

03.04.2020y.

23:00

04.04.2020y.

04:00

Dubay

03.04.2020y.

13:00

03.04.2020y.

19:00

Izoh: vaqt tahminiy

Batafsil ma’lumot “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan taqdim etiladi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston fuqarolarini keltirish va boshqa davlatlardan qo‘shimcha reyslar tashkillashtirish davom etishini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtirilishlarini eslatib o‘tamiz.

Izoh: shu kunlarda charter reyslarida Kuala-Lumpur (Malayziya), Moskva (Rossiya), Seul (Koreya Respublikasi) va Jakarta (Indoneziya) shaharlaridan hamyurtlarimiz kelganligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati