(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Turkmanistonga yuk tashish yoki ushbu mamlakat hududi orqali tranzit bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomoniga rasman ma’lum qilishicha, 2020-yil 24-martdan boshlab Turkmanistonning davlat chegarasida joylashgan “Garabogaz” va “Farap” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali avtomobil transportida Turkmaniston hududiga yoki ushbu mamlakat hududidan tranzit orqali yuklarni tashish faqat Turkmaniston yuk tashuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda avtomobil tirkamasi yoki yarim tirkamadagi tovarlarni xorijiy yuk tashuvchilaridan Turkmaniston yuk tashuvchilariga o‘tkazish davlat chegarasidagi maxsus ajratilgan joylarda kontaktsiz o‘tkazish sharti bilan amalga oshiriladi.

Ushbu choralar Turkmaniston hududiga yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishini oldini maqsadida qabul qilindi.

Yuk tashish va tranzit bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Turkmaniston tomoni “Ma’lumot markazi” tashkil qildi: +99365647471 (Ashxabod), +994502900301 (Boku), +998712023210, +998901297455 (Toshkent).