(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

AQSh Elchisi bilan uchrashuv

2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Neytan Rozenblum bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.