(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Turkiyadan insonparvarlik yordami kelgani to‘g‘risida

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘rtasida 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbat davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida, 2020-yil 22-may kuni charter reysi bilan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyoti Istanbul shahridan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga keldi.

Mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya tomoni COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berish uchun 50 dona o‘pkani sun’iy shamollatish apparatini beg‘araz taqdim etdi.

Ushbu insonparvarlik yordami so‘nggi ikki oy ichida ikkinchisi bo‘lib, joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekistonga Turkiyadan 50 mingta himoya niqoblari, 200 mingta himoya kiyimlari va shuncha miqdordagi himoya shlemi keltirildi.

Mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari epidemiologik holat munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish uchun izchil faoliyatni davom ettirmoqda.