(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

“C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuv to‘g‘risida

2020-yilning 30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali yuqori darajali “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilshi kutilmoqda.