(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

YUNISEF vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

2020-yilning 17-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi.

M.Mamedzade oʻzining lavozimga tayinlanishi toʻgʻrisidagi YUNISEF ijrochi direktori Henrietta For xatini Vazirga taqdim etdi

Suhbat davomida Oʻzbekiston va YUNISEF oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirishning bugungi holati va ustuvor yoʻnalishlari, xususan, bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar haqida soʻz yuritildi.

Tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa masalalar boʻyicha ham fikr almashdilar.