(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

Isroil Elchisi bilan uchrashuv

2020-yilning 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlati Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Zexavit Ben Hillelni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Elchini Oʻzbekistondagi missiyasining boshlanishi bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha mavjud salohiyatni roʻyobga chiqarishga oʻzaro qiziqish bildirdi.

Joriy yilning IV choragida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni onlayn videokonferensiya shaklida tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, ayrim mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.