(998 71) 233-28-28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida xalqaro shartnomaning kuchga kirishi to‘g‘risida

2020-yil 2-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash bo‘yicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Mazkur hujjat 2019-yil 24-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Xalqaro shartnoma Germaniya Hukumati va KfW bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini tayyorlash hamda tatbiq qilishda mahalliy byuro orqali ko‘maklashish hamda uni muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan.

Mazkur Bitimni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mas’ul organ etib belgilandi.

Xalqaro shartnomaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.